Sherikchilik ishidagi shart

Assalomu alaykum! Bir xunarmand kishi bitta ishxonanini arendaga oldi, deylik oyiga 1ml dan to‘lashga, asbob uskunalar o‘ziniki. Endi bu odam bir qancha vaqt o‘tib bir hamkasbini sherilikka chaqirdi. Sherigini topgan puli o‘rtadan bo‘linadi, o‘zini topgani o‘ziga. Arendani 500 mingini sherigi to‘laydi, ishxonani u gaplashgani va asbob uskunalar uniki bo‘lagani uchun sherigi topgan pulini bo‘lishishadi. Masalan bir narsani sherigi 100 mingga tamirlasa 50 mingdan bo‘lishadi, o‘zi 100 mingga tamirlasa o‘ziga bo‘ladi, lekin yuqorida aytganimdek arendani 500 mingdan bo‘lishib to‘lashadi. Shu sheriklik joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rozi bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar