Chorvaning zakoti

Assalamu alaykum! Men bir ahli ilmning “chorva mollarining zakoti uchun 30 boshga etganda va boquvda ya’ni yaylovda 6 oydan kam bo‘lmagan vaqtda boqilishi kerak” deganini tushuna olmadim. Biz faqat uyda boqamiz va chorva mollarini yoshi ya’ni 3-4 oylik buzoqlar ham kiradimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chorva mollari ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Biri, yilning 6 oydan ko‘prog‘ida adir va tog‘larda, egasi yo‘q erdan o‘sib chiqqan maysalardan oziqlanadi. Ularning adadi nisobga etsa zakoti beriladi. Ikkinchisi, chorava uyda boqilib, ular sotib olinga em-hashaklardan oziqlanadi. Agar ularni semirtirib sotish maqsadida olingan bo‘lsa, qiymati nisobga etsa qiymatidan zakot beradi. Agar sutidan foydalanish uchun sotib olingan bo‘lsa, mollarning o‘zidan zakot bermaydi. Qachon sutidan tushgan foyda nisobga etsa o‘shandan zakot beriladi. Zakot beriladigan chorva mollarda 3-4 oylik buzoqlar ham onalariga qo‘shilib nisobda hisoblanadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 128 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar