Ko‘zga oid

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men har doim ko‘zimga tomchi dori quyib yuraman, bu ko‘zim uchun kerak. Ro‘za vaqtida tomchilatsam, ro‘za ochilmidimi? 1 kunda 3 maxal tomchi quyaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imomlar bu borada ixtilof qilganlar. Ba’zilari “ochadi” desa, ba’zilari “ochmaydi” deganlar. Shuning uchun iftordan keyin yoki saharlikdan avval tomizsangiz shubhadan holi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar