«Fitrat ahli»

Assalomu alaykum! «Hadis va Hayot» kitobida «Islom chaqirig‘i etmagan kishilar esa «fitrat ahli» deyiladi. Chaqiriq etmagani uchun ularni kofir deb hukm chiqarilmaydi, do‘zaxga tushishlari haqida ham hukm qilinmaydi. Ular fitrat ahli deb nomlanadilar va qiyomatda boshqa jonzotlar qatori tuproqqa qorishib ketadilar» deb yozilgan. Demak ular uchun qiyomatda hayot butunlay tugaydimi? 2897-savolga berilgan javobdan xulosa qilib, hozirgi kunda Islom chaqirig‘i etgan lekin Islomga kirmagan boshqa din vakillari do‘zaxga kirib abadiy qoladilarmi? Yoki qanchadir vaqtdan keyin ular xam yaxshi amallari uchun jannatga tushadilarmi? agar savolim noto‘g‘ri bo‘lsa ming bor uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha, abadiy qoladilar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar