Muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum! Ustozlar, Seul shahridagi «Hilol nashr» nomli do‘konining ochilish marosimini ko‘rib, juda ham qattiq ho‘rsand bo‘ldim. Alloh taolo ana shunday go‘zal ishlaringizni bundanda ziyoda qilib, O‘zi sizlarga madadkor bo‘lsin. Omiyn!
Ustoz Ismoil Muhammad Sodiq bugun sizni ham rasmingizni ko‘rish nasib qildi. Alloh taolo barchalaringizga kuch-quvvat bersin. Ustozlarim, meni ham haqqimga duo qilinglar. Men ham kelajakda ixlosli, katta olim bo‘lib, dinni xizmatini qilish nasib qilsin. Seul shahridagi «Hilol nashr» nomli do‘konni ochilish marosimini ko‘rib, juda qattiq ta’sirlandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi ilm-irfon, ziyo maskanlar yanada ko‘paysin, siz kabi muxlis, ilmga chanqoq, yaxshi niyatli yoshlarimiz ham ko‘paysin!  Sizga katta rahmat, salomat bo‘ling. Alloh taolo barcha ezgu niyatlariningizni ro‘yobga chiqarsin, kutganingizdan ham ziyod ne’matlar ato etsin. Alloh Ustozimiz rahimahulloh va barchalarimizdan rozi bo‘lsin. Hamisha xayrli amallar ustida qoim qilsin. Koreadagi do‘konlarimiz burcha musulmonlarga din va ma’rifatni tarqatish yo‘lida xizmat qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 167 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar