Allohning jamoli

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam merojda Allohning jamolini ko‘rganmilar? Mumkin bo‘lsa o‘sha hadisni keltirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu boshliq bir guruh sahobalar oldingi gapga zid gapni aytganlar. Ularning ijtihodlari «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqanlarida Alloh taoloni ko‘rganlar», degan fikrga asoslangan. Ular o‘zlarining bu fikrlariga Isro surasidagi «Biz senga ko‘rsatgan ro‘yoni faqat odamlar uchun fitna qildik, xolos» degan oyatni ham dalil qiladilar. Ammo to‘g‘risini aytganda, bu oyati karima haqida mufassirlar ko‘plab ta’villarni keltirgan bo‘lsalar ham, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Alloh taoloni ko‘rganlari haqidagi gapga uncha rozi bo‘lmaganlar. «Sharhi kitobi al Fiqhul Akbar» nomli kitobda Mullo Ali Qori rahmatullohi alayhi: «Ahli sunna va jamoaning ijmoi shulki, U Zot taoloni bu dunyoda ko‘z bilan ko‘rish aqlan joizdir va oxiratdagisi naqlan va sam’an sobit va voqe’dir. Bu dunyoda shar’an joizligi haqida ixtilof qildilar. Ko‘pchilik uni sobit dedilar. Boshqalar inkor qildilar. So‘ngra uni bu dunyoda sobit, deganlar voqe’ bo‘lishini u zot sollallohu alayhi vasallamga Isro kechasida xos bo‘lgan, dedilar. Bu esa ulamolar va avliyolar o‘rtasidagi xilofli masaladir. To‘g‘risi, u zot sollallohu alayhi vasallam o‘z Robblarini qalblari bilan ko‘rganlar, ko‘zlari bilan emas. Bu «Sharhi aqoid» va boshqa kitoblarda zikr qilingan», degan (Mana shu qavl Abdulloh ibn Abbos va boshqalarning qavlidir).(“Sunniy aqiydalar” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 172 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar