Ayollar g‘uslda sochlarini yuvishlari

Assalomu alaykum Hurmatli Shayx Hazratlari.Qishloqlardagi sharoitni yaxshi bilsangiz kerak, shunday qishloqlar borki, u erda qishin yozin svet, gaz, chiroq, suv va issiqlikdan juda tanqislik ko‘p. Qishloqdagi namozxon ayollar sizdan shu savolning javobini so‘rab berishni iltimos qilishdi mendan. Er va xotin birga jinsiy aloqa qilishganlaridan keyin g‘usl qilish qiyin bo‘ladi. Qishda boshlarini yuvganlaridan keyin sochlarini quritishning iloji yo‘q, o‘zingiz bilasiz tok yo‘q u erda, boshlarini shamollatib qo‘yishlari mumkin. Shunday bo‘lsa ular badanlarini yuvib boshlarini yuvmasalar ham bo‘ladimi?Savolimga javob berganiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sochlarini o‘rib olib, tagiga suv tekkizishlari kerak. Hammasini yuvish shart emas.

30 Aprel 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 151 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar