Namoz savobi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, farz, vitr va sunnat namozlarini o‘qib, savobini o‘tgan barcha payg‘ambarlar, sahobalar, qarindosh-urug‘lar va barcha mo‘min musulmonlar ruhlariga bag‘ishlasa bo‘ladimi? Men shu paytgacha shunday qilar edim, buni kimdir o‘rgatgani uchun emas, dilimga kelgani tilimga chiqqan edi. Tekshirish uchun shu saytdan qidirdim, bir biriga qarama qarshi 2xil javob topdim. Iltimos aniqlashtirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha bir-biriga qarama-qarshi javoblarni linki yoki matnini jo‘nating. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:11 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar