Mahobhorat

Assalomu alaykum! Mahobhorat filmini ko‘rish shariatga to‘g‘ri keladimi? Filmlar haqida yozilgan maqolani o‘qidim, ammo yaqinlarimga shu haqida aytsam, ular “shariatga to‘g‘ri kelmagan joyiga e’tibor bermaysan” deyishdi. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kufrga rozi bo‘lish, kufr hisoblanadi. Shu filmni ko‘rgan ko‘p odamlarning og‘izlaridan: “Janobi Ramga sharaflar bo‘lsin” deyayotganlarini o‘zimiz ham eshitdik. Qanday qilib bu so‘zni kufr deb bo‘lmaydi? Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:55 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar