G‘iybatni to‘xtatgani uchun savob

Assalomu alaykum! Internetda bir hadis o‘qib qoldim: "Agar g‘iybat qilayotgan kishini to‘xtatib qolsangiz, Alloh taolo sizga yuz shahid savobini berur". Bu hadis mavjudmi? Agar bo‘lsa, iltimos to‘liq matnini va sharhini keltirsangizlar. 2. Bir shahidning savobi qancha o‘zi? 3. G‘iybat qilayotgan kishining gapini burib yuborish, uni chalg‘itish ham g‘iybatchini to‘xtatish va savob olishga kiradimi yoki unga uning ishi g‘iybat, katta gunoh ekanligini aytib tushuntirish shartmi? Chunki insonlar ko‘pincha nasiihatni to‘g‘ri tushunmaydilar. Javob uchun oldindan rahmat. Ushbu savolni telegramdagi kanalingizga joylashtirishingizni iltimos qilardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Siz aytgan hadisni bilmadik, lekin g‘iybat qiluvchini qaytargan kishiga bir necha savoblar bo‘lishini hadislarda kelgan. Asmo binti Yazid roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim birordarini go‘shtini ximoya qilsa(g‘oyibdaligida uni g‘iybat qilayotganni qaytarsa) uni do‘zaxning o‘tidan ozod qilish Allohning zimmasiga haq bo‘ladi” deganlar. Bayhaqiy rivoyati.
2). Alloh biladi.
3). U ham to‘xtatishga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar