Ustiga pul qo‘yish

Assalomu alaykum! Bir o‘rtog‘im Xitoyda va Toshkentda bir tanish bilan ish qiladi. Toshkentdagi odam do‘stimga bir narsani topib ber deb aytsa, o‘rtog‘im u narsani topsa va topgan narsasini ustiga narx qo‘yib, shuncha ekan deb aytsa va Toshkentdagi odam o‘rtog‘im aytgan narxga o‘sha molni olsa va o‘rtog‘imga ish xaqqini bersa, shunda do‘stim o‘zi qo‘yib aytgan puldan ham foyda oladi va ish haqqini olsa bu gunoh emasmi? O‘rtog‘im u odam bilan ishlashni boshlashdan oldin o‘rtada kelishuv bo‘lgan, har bir chiqarilgan shuncha pullik moldan sanga shuncha pul chiqarib berib turaman degan. Hamda o‘rtog‘im molning narxi yozilgan qog‘ozni sotuvchidan olib, yozilgan narxlarni o‘zgartirib, Toshkentdagi odamga shuncha ekan deb ko‘rsatsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelishuvda shart qilingan haqdan ortig‘i harom bo‘ladi. Muayyan narxga olgan narsani Toshkentlik odamga aytayotganda o‘zining yonidan yana narx qo‘shib aytishi yolg‘on bo‘ladi. Yolg‘on esa haromdir. Hamma narsa ochiq-oydin bo‘lishi shart. O‘sha tanishingiz bunday yurmasdan biron mutaxassis ahli ilmga uchrab masalasiga oydinlik kiritib olsin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar