Saytdan pul ishlash

Assalomu alaykum! Men internetdan bir sayt ochib, u saytdan reklama orqali pul ishlamoqchiman. Bu saytimga juda ko‘p videolar tashlash niyatim bor, lekin bu videolarni “youtube.com” saytidan olmoqchiman. U saytda juda ko‘p kishi videolar tashlab, hammani ko‘rishiga ruxsat berishadi. Video tashlagan kishi “bu videoni olmanglar” deb ham to‘siqlar qo‘ygan emas. Savolim, men shu saytdan videolar olib, o‘z saytimga qo‘ysam va reklamadan pul ishlasam ishlagan pullarim halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu haqda muallifning qarashlarini qandayligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:22 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar