Mahmud maqomi

Assalomu alaykum! Ustozlar, barchamiz azon duosida maxmud maqomini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga so‘raymiz. Savolim shundan iboratki jannatdagi eng oliy maqom bu maxmud maqomimi? Maxmud maqomida bo‘lishni niyat qilishimmiz mumkinmi? O‘zimizga shu maqomni so‘rashimizchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maqomi mahmud bir kishiga nasib qilishi hamda o‘sha bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bo‘lishlarini umid qilishlarini aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga duo qilishda nima so‘rashimizni ta’limini berib, “So‘rasanglar jannatni so‘ranglar” deb marhamat qilganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ آمَنَ بِاللهِ وَبِرَسُولِهِ، وَأَقَامَ الصَّلَاةَ، وَصَامَ رَمَضَانَ، كَانَ حَقًّا عَلَى اللهِ أَنْ يُدْخِلَهُ الْجَنَّةَ جَاهَدَ فِي سَبِيلِ اللهِ، أَوْ جَلَسَ فِي أَرْضِهِ الَّتِي وُلِدَ فِيهَا . فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَلَا نُبَشِّرُ النَّاسَ؟ قَالَ: إِنَّ فِي الْجَنَّةِ مِائَةَ دَرَجَةٍ أَعَدَّهَا اللهُ لِلْمُجَاهِدِينَ فِي سَبِيلِ اللهِ، مَا بَيْنَ الدَّرَجَتَيْنِ كَمَا بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ، فَإِذَا سَأَلْتُمُ اللهَ فَاسْأَلُوهُ الْفِرْدَوْسَ، فَإِنَّهُ أَوْسَطُ الْجَنَّةِ وَأَعْلَى الْجَنَّةِ، أُرَاهُ فَوْقَهُ عَرْشُ الرَّحْمَنِ، وَمِنْهُ تَفَجَّرُ أَنْهَارُ الْجَنَّةِ. قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ فُلَيْحٍ: عَنْ أَبِيهِ: وَفَوْقَهُ عَرْشُ الرَّحْمَنِ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirsa, namozni to‘kis ado etsa va Ramazon ro‘zasini tutsa, Alloh yo‘lida jihod qiladimi yoki o‘z tug‘ilgan erida o‘tiradimi, uni jannatga kiritish Allohning zimmasidagi haq bo‘ladi», dedilar. Shunda: «Ey Allohning Rasuli, unda odamlarga xushxabar bermaylikmi?» deyishdi. U zot: «Jannatda yuzta daraja bor bo‘lib, Alloh ularni Alloh yo‘lida jihod qiluvchilarga tayyorlab qo‘ygan. Har bir darajaning orasi osmon bilan er orasicha. Allohdan so‘rasangiz, Firdavsni so‘ranglar, chunki u jannatning qoq markazi, jannatning eng oliysidir», dedilar».
(Roviylardan Yahyo ibn Solih aytadi:) «Menimcha, «Uning tepasi Rahmonning Arshidir. Jannat anhorlari o‘shandan otilib chiqadi», (ham deganlar)».
(Roviylardan biri) Muhammad ibn Fulayh otasidan rivoyat qilib: «…uning tepasi Rahmonning Arshidir», deb aytgan. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 191 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar