Bo‘rining a’zosi haqida

Assalomu alaykum! Hozirgi kundagi ba’zi erkaklar  urg‘ochi bo‘rini jinsiy a’zosini olib yurishipti. Aytishlaricha u erkak kishiga omad keltirar ekan. Shu rostmi? Bu narsani olib yurib, shunga ishonish dinimizda qanday zikr qilingan? Javobingizni kutaman oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tirikligida bo‘rining o‘ziga omad keltirmagan narsa, o‘lgandan keyin uni ko‘tarib yuruvchilarga qanday omad keltiradi? Qolaversa, harom hayvonning a’zolari ham harom hisoblanadi. Doimiy o‘zi bilan birga najosatni olib yuruvchi kishidan farishtalar qochib, kofir jinlar yopishadi. Qolaversa mo‘minlikning shartlaridan biri, yaxshilik va yomonlik Allohdan ekaniga iymon keltirishdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar