Otani rozi amriga kirib Allohning amrini bajarmaslik

Ba’zi birodarlarimizdan Nega namoz o‘qimaysan degan savolga ’’otam hali yoshsan dedi’’, ’’ota ruxsat bermadi’’, ’’namoz o‘qisam o‘qishdan (ishdan) chalg‘ib qolaman’’ degan gaplarni eshitganmiz. Bunga o‘xshash gaplar umuman bahona bo‘la olmasli ma’lum. Bunday bahonachilarga nima deb javob berishni bila olmayabman. Bir tarafdan otani norizo qilish ham joiz emas, ammo benamozlik gunohi kabiralardandir. Bu holda qanday yo‘l tutish kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otaning roziligi Alloh taoloning noroziligiga sabab bo‘lmasligi shart. Alloh taoloning farz ibodatidan bolasini qaytarishga otaning zarracha ham haqi yo‘q. Unday otaning noroziligi o‘tmaydi.

26 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar