Nomahramlardan ko‘zni tiyish
Assalomu alaykum! Men bozorga chiqaman, bozorda ochiq-sochiq kiyinganlar deyarli to‘la. Men ular bilan savdo qilishga majburman. Shunday holatda gunohkor bo‘lmaslik uchun nima qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Ar-Rohman” surasi 46-oyatida marhamat qiladi: وَلِمَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ جَنَّتَانِ Robbining huzurida turishdan qo‘rqqanlar uchun ikki jannat bor. Qiyomat kuni Parvardigori olamning huzurida savollarga javob berishdan, hisob-kitob maqomidan qo‘rqib, tirikligidayoq tayyorgarlik ko‘rib, yaxshilik bilan kun kechirganlarga ikki jannat bor ekan. «Ikki jannat»ning bir necha sharhlari bor, jumladan, insonlarga alohida jannat, jinlarga alohida jannat yoki ikkovlaridan har birlariga ikkitadan jannat. Gunohkorlar jahannam bilan o‘ta qaynoq suv o‘rtasida aylansalar, taqvodorlar birinchi jannatlari, ya’ni bog‘lari bilan ikkinchi jannatlari – bog‘lari orasida sayr qilib yuradilar. Ya’ni rohat ustiga rohat, farog‘at ustiga farog‘at.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom