Cho‘ntak modem

Assalomu alaykum! Hozirda yangi turdagi «wi-fi»lar ham ancha ommalashgan. Uni o‘zingiz bilan olib yurasiz va xohlagan paytingizda undan foydalansangiz bo‘ladi. Bir do‘stimning aytishicha bir erda shunday modemlar sotilayotgan emish va agar xaridor Vestminster yoki Singapur oliygoh talabasi bo‘lsa, modemni 3 barobar arzonga olishi mumkin ekan. O‘sha erlarda o‘qiydigan tanishlarimdan so‘rab(o‘zim u erning talabasi bo‘lmasam), o‘sha modemlardan birini ularning nomidan o‘zim uchun arzonroqqa sotib olishim mumkin bo‘ladimi? Yoki bunga yolg‘on aralashib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunga yolg‘on aralashadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar