Namozda ko‘zning holati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namoz o‘qiyotganda ko‘zni aynan bir nuqtaga qaratish kerakmi? Ruku’ va sajda holatidachi? Savolimdagi kamchiliklar uchun uzr rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy, shofe’iy va hanbaliy mazhabining ulamolari: “Namoz o‘quvchi qiyomda nazari sajda qiladigan joyda bo‘lishi, ruku’ qilganida ikki oyog‘ining orasida, qa’dada o‘tirganida esa, ishora qilgan barmog‘iga qarab o‘tirishni mustahab” deganlar. Namozda ko‘zni yumib olish makruh. Chunki bunda butparastlarga o‘xshash va sunnatni tark qilish bordir. Osmonga qarash ham joiz emas. NAMOZDA OSMONGA QARASh HAQIDAحَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللهِ قَالَ: أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ قَالَ: حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَرُوبَةَ قَالَ: حَدَّثَنَا قَتَادَةُ: أَنَّ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ حَدَّثَهُمْ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم: «مَا بَالُ أَقْوَامٍ يَرْفَعُونَ أَبْصَارَهُمْ إِلَى السَّمَاءِ فِي صَلَاتِهِمْ». فَاشْتَدَّ قَوْلُهُ فِي ذَلِكَ حَتَّى قَالَ: «لَيَنْتَهُنَّ عَنْ ذَلِكَ أَوْ لَتُخْطَفَنَّ أَبْصَارُهُمْ». تحفة: 1173 - 191/1 Anas ibn Molik roziyallohu anhu so‘zlab berdi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga nima bo‘lganki, namozda osmonga qarashyapti?!» dedilar. Keyin so‘zlari keskinlashib, hatto: «Yo bu ishdan to‘xtashadi, yoki ko‘zlari o‘yib olinadi», dedilar».NAMOZDA U YoQ-BU YoQQA ALANGLASh HAQIDAحَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو الْأَحْوَصِ قَالَ: حَدَّثَنَا أَشْعَثُ بْنُ سُلَيْمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: سَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم عَنِ الْاِلْتِفَاتِ فِي الصَّلَاةِ، فَقَالَ: «هُوَ اخْتِلَاسٌ يَخْتَلِسُهُ الشَّيْطَانُ مِنْ صَلَاةِ الْعَبْدِ». طرفه: 3291 - تحفة: 17661 Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda u yoq-bu yoqqa alanglash haqida so‘radim. «U – shayton bandaning namozidan urib qolishidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Namozda ko‘kragini ham qibladan burib, o‘ng yoki chap taraflarga qaraydigan bo‘lsa, namozi buziladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:32 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar