Ayolning eriga itoatsizligi

Men 5 oy avval uylangan edim. Nikoh paytida domla mahrni "10 million so‘mlik taqinchoq" deb belgiladilar. Bunga sabab “qizimiz taqvodor, qoriya” deb aytdilar. To‘ydan keyin ayolimning xulqi, tarbiyasi va jismoniy tarafdan noqisliklari ko‘rina boshladi. Shom paytidan so‘ng ko‘zi ko‘rmas ekan va bundan boshqa kasalliklari ham bor. Buni bizga to‘ydan avval aytishmagan. Hatto ayolim ham bilib turib, to‘ydan avval aytmagan. Itoati haqida "Menga itoat qilsang ota-onamga itoat qil, ularni ko‘nglini ol" desam, itoat qilmasdan gap qaytarmoqda. Men bilan ham chiroyli muomalada bo‘lmaydi. Hozir ayolimni uyiga olib borib qo‘yganman. To‘g‘ri yo‘lga solish uchun shariatda ko‘rsatilgan hamma yo‘llarni qilib ko‘rdim, lekin urmadim. Xulqiy yoki jismoniy noqislik mahrni kamaytirishga sabab bo‘ladimi? Oilamni buzilishi uchun shu omillar sabab bo‘la oladimi? Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mahrni kamaytirilmaydi. Oilani buzishga shoshmaslik kerak.

26 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar