Kitob o‘qib diniy ilm o‘rganish
Assalomu alaykum! Men barcha diniy ilmlarni barchasini faqat Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining qalamlariga mansub bo‘lgan kitoblardan o‘qib o‘rganaman (Albatta bu kitoblar Qur’on va hadis kitoblari asosida yozilgan). Hayotda biror masalaga duch kelsam, shu o‘qiganlarim asosida o‘zimga xulosa chiqaraman va yaqin qarindoshlarimga ham tushuntiraman. Chunki, biz tomondagi domlalarga diniy savol berib, ulardan oladigan javoblarga unchalik qoniqmayman.
Yaqinda men “islom.uz” saytidan «Ustozi kitob bo‘lganlarga kitobiy maktub» deb nomlangan maqolani o‘qib qoldim. Undagi bir jumla meni qattiq tashvishga soldi. Ya’ni “Haqiqatda kitoblarning o‘zigagina cheklanish eng katta balo, eng katta ofat, ustoz shogird an’anasidan yuz o‘girishdir”. Meni shu yuqorida aytib o‘tgan ishlarim ushbu maqolaga to‘g‘ri kelmaydi. Men nima yo‘l tutsam bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U maqolada ustozsiz kitob o‘qib, kitobning sohiblarining kimligidan bexabar holda “fatvo beradigan” bo‘lib olganlar nazarda tutilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:32 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim