Islom tarixi kitobi

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh qilayotgan xizmatlaringizni O‘zi mukofotlasin. Biz alhamdulillah Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini bildik, to‘rt xalifai roshidiyn hayotlari bilan ham shayx Hazratlari rahimahullohning “Hadis va Hayot” kitoblaridan, Ahmad Lutfiy janooblarini kitoblaridan tanishdik. Ammo butun Islom tarixi haqida ma’lumotga ega emasmiz. Yani 7-8 asrdan uyog‘ini bilmaymiz. Shu ilmni qaysi kitoblardan olsa bo‘ladi? Iltimos, javobni telegrammdagi kanalga yuborsangiz. Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Duo qilib turing, Hazratimiz rahimuhullohning qalamlariga mansub “Islom tarixi” nomli kitoblari yaqinda chiqib qoladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 143 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar