Qur’onni yodlash va qiroat

Assalomu alaykum! Men bundan bir necha yil muqaddam o‘zimizning masjidga chiqib, arabcha o‘qishni muallimi soniy nomli kitobchadan o‘rgangan edim. Hozir “Vash-Shams” surasidan boshlab oxirgi suragacha bilaman. Mana oradan taxminan 10-11 yil o‘tib, Qur’onni qo‘lga olib sura yodlay boshladim. Bilmadim negadir qiroat qilganimda ko‘kragim siqib, yurakka g‘ulg‘ula tushadi. Balki tafsirini ham birga o‘qib, ma’nosini tushunib, Allohning qudratini his qilganim uchundir. Lekin yurakda qo‘rquv va titroq bilan birga, rohat ham sezaman. 7-8 kun ichida “Toriq”, “A’lo” va “G‘oshiya” suralarini yodlab bo‘ldim. Lekin oson bo‘lmadi, xotira sal pand berayapti. Qiroat qilishda ham qiynalayabman.
1. Xotirani mustahkamlaydigan duolar bo‘lsa o‘rgatib qo‘ysangizlar.
2. Qiroatni qanday qilish kerak? Qiroatning qoidalari haqida ma’lumot bersangizlar. Iltimos duo qilinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-“quran.uz” saytiga murojaat qiling. In shaa Alloh u saytdan juda ko‘p o‘zingizgi foydali ma’lumotlar olasiz. 2-qancha befoyda ishlar, so‘zlar va ma’lumotlardan o‘zingizni yiroq tutsangiz, xotirangiz shuncha mustahkam bo‘lib boraveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:33 | Savol-javoblar | 141 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar