Iblis
Assalomu alaykum! Men shayton borligiga ishonmayman. Chunki uni bor deb o‘ylaydiganlar kalta o‘ylashadi. Axir shayton yomonku Alloh uni yomonligi bila turib yaratib qo‘ymaydiku, kuch qudratda tengi yo‘q Alloh naxotki oddiy bir shaytonni yo‘q qilolmaydi? Juda kalta o‘ylaydigan odamlar shaytonni bor deb o‘ylashadi. Men kam kitob o‘qiganman, lekin nima haq ekanligini bilaman deb o‘ylayman. Bu gapim sizlarga ham yoqmas, lekin jiddiy o‘ylab qarasangiz shaytonning borligi bu xuddi ertakka o‘xshaydi. Men noto‘g‘ri gapirmadim shekilli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Gaplaringiz ichida eng to‘g‘risi “Men kam kitob o‘qiganman” degan gapingizdir. Ko‘p kitob o‘qing. E’tiqodimizda Qur’oni karimni inkor qilish dindan chiqish hisoblanadi. Dindan chiqish degani er-xotin orasidagi nikoh bekor bo‘ldi degan ma’nodadir. Alloh taolo Qur’oni karimda shayton va uning kimligi haqida to‘liq ma’lumot bergan. Inson o‘zining noqis aqliga suyanib qolishi, bu katta musibatdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda