Salovot kimga bag‘ishlash kerak?

Assalomu alaykum! Juma kunlari salovot duosini 100 marta o‘qiyman. Oldinlari shu salovotni Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) ga bag‘ishlar edim. Yaqinlarim aytishicha Allohni yo‘liga bag‘ishlang deyishdi. Bu qaysi biri to‘g‘ri? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salovat aytiladi, bag‘ishlanmaydi. Bizning xalqimizda nimani bo‘lsa bag‘ishlash tushunchasi paydo bo‘lib qolgan. To‘g‘ri, ba’zi ibodatlarni qilib, savobini yo‘llash mumkin, lekin bu degani nima amal qilsang ham hammasini bag‘ishla degani emas. Salovat ham aytiladi, lekin bag‘ishlanadigan narsa emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar