Ikkilantirayotgan hadis
Assalomu alaykum! Men «islom.uz» saytining «kitoblar» bo‘limida faqat Alloh la’natlagan narsalar yozilgan kitob bor ekan. Men unga kirib o‘qisam adashmasam tagirog‘ida quyidagicha hadis keltirilibdi. Men ikkilanib qoldim “Bo‘yanib olgin-da, xotin kishi ikki narsa uchun bo‘yanadi. Agar uning eri bo‘lsa, eri uchun bo‘yanadi. Agar uning eri bo‘lmasa, erga chiqish uchun bo‘yanadi” men pastdagi hadisni shu eriga tushunmadim. Axir ayol kishi faqat eri uchungina bo‘yanishi kerakku. Erga tegishi uchun bo‘yanishi kerak bo‘lsa, nima unda kegan sovchi bolani har biri bilan uchrashuvga chiqayotganida bo‘yanib chiqish kerakmi?
“Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bay’at qilish uchun keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga: “Nimaga bo‘yanib olmading, sening ering yo‘qmi?”, dedilar. U: “Ha, erim bor”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bo‘yanib olgin-da, xotin kishi ikki narsa uchun bo‘yanadi. Agar uning eri bo‘lsa, eri uchun bo‘yanadi. Agar uning eri bo‘lmasa, erga chiqish uchun bo‘yanadi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar:
Xotinlarning erga o‘xshab olganlari va erkaklarning xotinlarga o‘xshab olganlarini Alloh la’natlacin!” (Abdurrazzoq, 4/7931; Ibn Hibbon, 13/5750).
Boshqa rivoyatda bo‘yanib olmagan ayoldan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bay’at olmasdan qaytarib yuborganlari naql qilinadi (Tabaroniy, 22/20226-20227)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ عَيَّاشٍ، عَنْ عَطَاءٍ الْخُرَاسَانِيِّ قَالَ: جَاءَتِ امْرَأَةٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تُبَايِعُهُ، فَقَالَ: «مَا لَكِ لَا تَخْتَضِبِينَ؟ أَلَكِ زَوْجٌ؟» قَالَتْ: نَعَمْ قَالَ: «فَاخْتَضِبِي، فَإِنَّ الْمَرْأَةَ تَخْتَضِبُ لِأَمْرَيْنِ إِنْ كَانَ لَهَا زَوْجٌ، فَلْتَخْتَضِبْ لِزَوْجِهَا، وَإِنْ لَمْ يَكُنْ لَا زَوْجٌ، فَلْتَخْتَضِبْ لِخِطْبَتِهَا»، ثُمَّ قَالَ: «لَعَنَ اللَّهُ الْمُذَكَّرَاتِ مِنَ النِّسَاءِ، وَالْمُؤَنَّثِينَ مِنَ الرِّجَالِ» رواه عبد الرزاق “Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bay’at qilish uchun keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga: “Nimaga bo‘yanib olmading, sening ering yo‘qmi?”, dedilar. U: “Ha, erim bor”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bo‘yanib olgin-da, xotin kishi ikki narsa uchun bo‘yanadi. Agar uning eri bo‘lsa, eri uchun bo‘yanadi. Agar uning eri bo‘lmasa, erga chiqish uchun bo‘yanadi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday dedilar: Xotinlarning erga o‘xshab olganlari va erkaklarning xotinlarga o‘xshab olganlarini Alloh la’natlacin!” Yuqoridagi hadisdan ayollar bilan erkaklarning qo‘llari bir xilda bo‘lib turishdan qaytarilgan. Ayollar erkaklar kabi bo‘lmay, qo‘llarini hinnoga bo‘yab olishlari aytilmoqda. Undan siz hozirgi kundagi ayollarning yuzini bo‘yashini tushunmang. Qolaversa erga tegish uchun faqat sovchi yigit bilan ko‘rishish shart emas. Uning vakillari bo‘lgani ham e’tiborga olingan. Hozirgi kunimizda ba’zi bir tabiati buzuq erkaklar tirnog‘ini bo‘yab olsa, uni o‘zini ayolga o‘xshatib olganini e’tiborga olishadi-yu, lekin ayollar qo‘llarini hinnoga bo‘yab olmasalar, o‘zlarini erkakka o‘xshatib olganlariga e’tibor berishmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 130 | Hadislar