Farzand fitnasi
Assalomu alaykum! Nega Islom ko‘p farzand ko‘rishlikka targ‘ib qiladi? Garchi farzand fitnalardan biri bo‘lishiga qaramasdan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mol dunyo fitna bo‘lsada, Islom uni topishga va yaxshi joylarga sarflab oxiratdagi ulug‘ maqomlarga erishishga chaqiradi. Farzand ham sadaqai joriyalarning eng a’losi va afzalidir. عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَصَبْتُ امْرَأَةً ذَاتَ جَمَالٍ وَحَسَبٍ، وَإِنَّهَا لَا تَلِدُ أَفَأَتَزَوَّجُهَا؟ قَالَ: لَا، ثُمَّ أَتَاهُ الثَّانِيَةَ فَنَهَاهُ، ثُمَّ أَتَاهُ الثَّالِثَةَ، فَقَالَ: تَزَوَّجُوا الْوَدُودَ الْوَلُودَ، فَإِنِّي مُكَاثِرٌ بِكُمُ الْأُمَمَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَالْحاَكِمُ وَصَحَّحَهُ Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Bir jamolli va hasabli ayol topdim. Ammo tug‘mas ekan. Unga uylanaveraymi?» dedi.«Yo‘q», dedilar. Keyin u zotga ikkinchi marta keldi. Yana qaytardilar. So‘ngra uchinchi marta kelganida: «Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko‘pligingizni ko‘z-ko‘z qiluvchiman», dedilar». Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan.Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Uylanishdan oldin ahli fazl, ilmli kishilardan maslahat so‘rash yaxshi ekanligi. 2. Tug‘mas ayolga, agar u go‘zal va aslzoda bo‘lsa ham, uylanmagan ma’qul ekanligi. 3. Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylanish kerakligi. Bu sifatlar unga yaqin bo‘lgan ayollarning holini o‘rganish bilan bilinadi. Unga yaqin qarindosh ayollar odatda eriga muhabbat qiladigan, ko‘p tug‘adigan bo‘lsalar, ko‘pincha ularning urug‘ida bo‘lgan yoshlar ham o‘sha sifatlarga ega bo‘ladilar. Qolaversa Umar roziyallohu anhu : قَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ : " وَاللَّهِ إِنِّي لأُكْرِهُ نَفْسِي عَلَى الْجِمَاعِ ، رَجَاءَ أَنْ يُخْرِجَ اللَّهُ مِنِّي نَسَمَةً تُسَبِّحُ اللَّهَ " “Allohga qasamki, Alloh mening pushti kamarimdan O‘ziga tasbeh aytadigan zurriyodni chiqarishi umidida, nafsimni yaqinlik qilishga majbur qilaman” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:39 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush