Namoz vaqtida taxorat sinishi

Assalomu alaykum! Alhamdulillah besh vaqt namozimni kanda qilmayman. Yaqindan uylandim. Bugun bomdod namoziga taxorat olayotganimda jinsiy a’zomdan suyuqlik kelganini ko‘rdim. Yuvib, taxorat olib kelib namozimni ado etdim va ichki kiyimimga qarasam oz miqdorda suyuqlik tekkan ekan. U namozimni qaysi vaqtida chiqqanini bilmayman. Taxoratim shunda singan hisoblanadimi. Endi bomdod vaqti o‘tdi qazosini o‘qib olatni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratingiz namoz vaqtida singaniga gumoningiz g‘olib kelsagina qayta o‘qiysiz. Aks holda qayta o‘qimaysiz. Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar