Sababmi yoki tajrid?

Assalomu alaykum! Men chet elda, 2-kurs magistratura talabasiman. Grand asosida o‘qiyman. O‘qishni kelasi yili bahorda tamomlayman. Yoshim 23 da. Ayni paytda uydagilarning moliyaviy tarafdan menga muhtojligi yo‘q. Chet elda ko‘p talabalar qora ish qilib, pul jamg‘arishadi. O‘zimda ham ba’zida bunga xohish uyg‘onib qoladi. Mahr puli, oilaga yordam, ota-ona qarimoqdalar degan hayollar bilan, ishlasam nima qilibdi deb o‘ylab qolaman. O‘tgan yili ishlab ham ko‘ridim. Qo‘limga “Xislatli hikmatlar sharhi” kitobi tushganidan so‘ng, qilgan ishim xato deb o‘ylab qoldim. Vaqt shundoq ham kam bo‘lsa, tinmasdan o‘qishim kerak edi deb o‘ylab qoldim. Men bunday vaziyatda qaysi holatni tanlashim kerak? Tajriddamanmi yoki sabablar ichida? Mo‘min odam bir vaqtning o‘zida ikki holatda ham bo‘lishi mumkinmi?
Haftaning 6 kunida Tajridda, xaftaning 1 kunida sabablar ichida? Mening bu vaziyatimda qaysi yo‘l to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar biri boshqasiga halal bersa, tajrid holatida mustahkam bo‘ling. Halal bermasa, ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar