Kitob qizg‘anish

Assalomu alaykum! Bir tanishim bor, juda kitobsevar, kitob o‘qimasa kasal bo‘lib qoladi. O‘zi juda ilmli yigit, yaqin ukam, havasim keladi ma shaa Alloh. Uyida esa 100dan ko‘p kitoblari bor. Kimdir kitob hadya qilaman desa yo‘q demaydi, ammo o‘zini bir odati bor, hattoki yaqin insoniga ham kitobni o‘qib turishga bermaydi, o‘ta qizg‘anchiq. Bir kutubhona ochib o‘qib yana qaytarib olib keladigan kitobsevar ammo moliyaviy sharoiti yo‘q insonlar uchun kutubhona ochaylik desam men kitob olishim mumkin ammo hech qachon o‘zimni kitobimni boshqaga bermayman deydi. Ammo ilm oling kitob o‘qing deb ko‘p bora aytadi, lekin birgina kitob ham o‘qib turishga bermaydi. To‘g‘ri bu o‘zining shaxsiy mulki, ammo bo‘la turib bermaslik, ayniqsa ilm olish uchun yordamdan qochish bu nechog‘lik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zini mulki bo‘lgan narsani nima qilsa ixtiyori. Malomat qilmang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:13 | Savol-javoblar | 150 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar