Libos haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati a’zolari, men qizil rangdagi kiyimlarni kiyishni xush ko‘raman marhum ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning «Libos kitoblarida» erkak kishi uchun qip-qizil kiyim makruh ekanligini o‘qigandim va bular yaltiroq, yorqin qizil rang, qip-qizil rang deb o‘ylagandim. Ammo yaqinda mana shu saytdagi savollardan birida o‘qidimki qip-qizil rangdagi va boshqa rang aralashmagan kiyim makrux ekan. Savolim shuki: 1) qip-qizil rangdagi kiyim boshqa rang aralashmagan kiyimmi yoki yaltiroq qizil qip-qizil rangda va boshqa rang aralashmagan kiyim biz uchun makruhmi?
2) Agar kiyimning o‘zi qizil bo‘lib, ozroq erida qora chizig‘i bo‘lsa yoki tugmalari boshqa rangda bo‘lsa uni kiysam bo‘ladimi? Javobinggiz uchun katta rahmat. Sizlarga ikki dunyo saodatini tilab Robbisining marhamatiga muhtoj banda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkaklarga qizil kiyim kiyish makruhligi zikr qilingan hadisda, mutloq qizil rang zikr qilingan. Shuning uchun yaltiroq bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, biroz boshqa rangni aralashishining farqi yo‘q. Makruhdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom