Mast kishining tupigi

Aroq ichib mast bo‘lgan kishining tupigi kiyimga teksa, kiyimni benamoz qiladimi? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Najosatni poklovchi narsalardan biri inson og‘zidagi so‘lakdir. Aroq ichib, bir necha bor yutunganidan keyin og‘iz poklanadi va tupugi najosat bo‘lmaydi. Abu Hanifa rahimahulloh nazdlarida: “aroq ichgan kishi uch bor so‘lagini ichiga yutsa, og‘zi aroqdan pok bo‘ladi” deganlar. Chunki u kishining nazdlarida suvdan boshqa suyuqliklar ham najosatni poklaydi. U zotdan boshqalar esa, “aroq ichgan kishining og‘zi nopok bo‘ladi” deganlar. Ularning so‘zlariga binoan tupugi ham nopokdir. Dirham miqdoridan kattasi kiyimga tegsa u bilan namoz o‘qish joiz emas va uni yuvib tashlash vojib bo‘ladi. (Sharhunnuqoya). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar