Ro‘za musofir

Assalomu alaykum! Musofir odam ro‘za tutmasa uyiga qaytgandan keyin qazosini tutib bersa bo‘ladi deb eshitganman. Men talabalik sabab doimiy yashidgan joyimdan 1000 km uzoqdaman. Men ham musofir hisoblanamanmi? Ro‘za tutishim kerakmi yoki uyga qaytganimdan keyn qazosini tutishim lozim bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror makonda 15 kecha-kunduz yoki undan uzoq muddat turishni niyat qilgan odam o‘sha erda muqimdir. Namozlarni to‘liq o‘qiydi. Ro‘zani tark qilishi mumkin emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 140 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar