Vasila haqida

Assalomu alaykum! Vasila haqida ozroq ma’lumotga egaman. Xullas, banda duo qabul bo‘lish shartlarini ado etsada, duosi qabul bo‘lmayotganiga ishonchi komil bo‘lsa o‘zining Allohni rozi qilish uchun eng mahbub amalini, yoki Alloh aziz qilgan bandalaridan birini vasila qilishi mumkin deb hisoblayman. Yaqinda masjidda yomg‘ir so‘rab duoda «Oppoq soqolli hojilar, oq sochli momolar, beshikda yotgan go‘daklar, ma’rab yurgan qo‘zi-qo‘ylar haqqi hurmati» deb vasila qilindi. Shu to‘g‘rimi? Iltimos vasila haqiqatlarini bayon etsalaringiz. Assalomu alaykum! Vasila haqida ozroq ma’lumotga egaman. Xullas, banda duo qabul bo‘lish shartlarini ado etsada, duosi qabul bo‘lmayotganiga ishonchi komil bo‘lsa o‘zining Allohni rozi qilish uchun eng mahbub amalini, yoki Alloh aziz qilgan bandalaridan birini vasila qilishi mumkin deb hisoblayman. Yaqinda masjidda yomg‘ir so‘rab duoda «Oppoq soqolli hojilar, oq sochli momolar, beshikda yotgan go‘daklar, ma’rab yurgan qo‘zi-qo‘ylar haqqi hurmati» deb vasila qilindi. Shu to‘g‘rimi? Iltimos vasila haqiqatlarini bayon etsalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم وَهُوَ يَخْطُبُ يَوْمَ الْجُمُعَةِ، فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، هَلَكَتِ الْمَوَاشِي وَانْقَطَعَتِ السُّبُلُ، فَادْعُ اللهَ فَدَعَا رَسُولُ اللهِ  صلي الله عليه وسلم. وَفِي رِوَايَةٍ: فَرَفَعَ يَدَيْهِ ثُمَّ قَالَ: اللَّهُمَّ أَغِثْنَا اللَّهُمَّ أَغِثْنَا اللَّهُمَّ أَغِثْنَا، فَمُطِرُوا مِنْ جُمُعَةٍ إِلَى جُمُعَةٍ، فَجَاءَ رَجُلٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، تَهَدَّمَتِ الْبُيُوتُ، وَتَقَطَّعَتِ السُّبُلُ، وَهَلَكَتِ الْمَوَاشِي، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم: اللَّهُمَّ عَلَى رُؤُوسِ الْجِبَالِ وَالْآكَامِ، وَبُطُونِ الْأَوْدِيَةِ، وَمَنَابِتِ الشَّجَرِ. وَفِي رِوَايَةٍ: اللَّهُمَّ حَوَالَيْنَا وَلَا عَلَيْنَا، فَانْجَابَتْ عَنِ الْمَدِينَةِ انْجِيَابَ الثَّوْبِ، فَجَعَلَتْ تُمْطِرُ حَوْلَهَا وَلَا تُمْطِرُ بِهَا قَطْرَةً، فَنَظَرْتُ إِلَى الْمَدِينَةِ وَإِنَّهَا لَفِي مِثْلِ الْإِكْلِيلِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Jum’ada xutba qilib turganlarida bir odam huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli, chorvalar halok bo‘ldi, yo‘llar kesildi. Allohga duo qiling!» dedi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar». Boshqa bir rivoyatda: «Bas, u zot qo‘llarini ko‘tarib: «Allohim! Bizga najot (yomg‘iri) ber! Allohim! Bizga najot (yomg‘iri) ber! Allohim! Bizga najot (yomg‘iri) ber!» dedilar. Bas, Jum’adan Jum’agacha yomg‘irda qolishdi. Shunda haligi odam kelib: «Ey Allohning Rasuli, uylar yiqildi. Yo‘llar kesildi. Chorvalar halok bo‘ldi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim! Tog‘lar va adirlar ustiga, vodiylar ichiga va daraxtlar o‘sadigan joylarga», dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «Allohim! Atrofimizga, bizning ustimizga emas!» dedilar. O‘shanda, (bulutlar) Madinadan xuddi kiyim echilgandek sug‘urilib ketdi. Uning atrofiga yog‘a boshladi. Unga bir qatra ham yog‘may qo‘ydi. Madinaga nazar solsam, xuddi gultojdek bo‘lib turgan ekan», deyilgan. Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Sharh: Ushbu rivoyatda istisqoning yana bir turi haqida so‘z ketmoqda. Bu turdagi istisqo Jum’a kuni minbarda imomning duo qilishi bilan bo‘ladi. Bu hadisi sharif ushbu bobdagi eng mashhur hadis hisoblanadi. Undan ko‘plab foydalar olinadi: 1. Jum’a xutbasi qilayotgan imomga ko‘pchilik foydasi uchun gapirish mumkinligi. 2. Qurg‘oqchilik va u tufayli kelgan zararlar haqida shikoyat qilish mumkinligi. 3. Ahli solih kishilardan duo so‘rash joizligi. 4. Imomga istisqo haqida shikoyat qilinganida Jum’a xutbasi ichida istisqo duosi qilish mumkinligi. 5. Istisqo duosini ikki qo‘lni ko‘tarib turib qilish. 6. Duoni uch marta takrorlash yaxshiligi. 7. Zararni daf qilish haqidagi duo tavakkulga xilof emasligi. 8. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning duolari darhol qabul bo‘lishi. 9. Duoni odob bilan qilish kerakligi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yomg‘irni to‘xtatishni emas, kerakli joylarga yog‘dirishni so‘rashlari shuni ko‘rsatadi.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 215 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar