Kuyov sotish
Assalomu alaykum! Man bu savol bilan kimga murojaat qilishni bilomadim, agar sizlar orqali Musulmonlar idorasiga murojaat qilolsam judayam minnatdor bo‘lardim. Ushbu murojaatimni iloji boricha qisqa yozishga harakat qildim, lekin eng qisqa yozganim shu bo‘ldi.... Man Toshkent viloyati Ohangaron shahridanman, ancha yillardan buyon bizda "odat" tusiga kirgan "kuyov sotib olish" odati judayam dilimni g‘ash qiladi (bu g‘ashlik ko‘pchilida bo‘layotgani ayniqsa). Bu "odat" dan xabarilar bor yo‘qligini bilmiman, lekin biz tarafda umuman Toshkent viloyatini ayrim xududlarida nikoh to‘yi o‘tgandan keyin kelin kuyov o‘z xonadonlariga kelish paytida kuyovni kuyovjo‘rala olib ketishadi va ertasi kuniga kelinni yoniga olib kelishadi va kuyovni "sotishadi"!!! Qanchali achinarli va xunuk holat! Qizlarni ota-onasi shuncha sarpo harajatlar bilan yana shuncha yil tarbiyalab voyaga etkizib berishadida yana kuyovni sotib olish ham kerak bo‘ladi. Man turmushga chiqqanimga uch yildan oshgan o‘sha paytlari kuyovlarni "narh"lari 50$ dan yuqoriydi. Hattoki yaqin tanishimning opasini to‘yidan keyin 500$ so‘rashgan lekin ular amallab 400$ ga kuyovni sotib olishgan. Shundan so‘ngina kelinni yoniga kirgizishadi. O‘zimi jiyanimi uylanganida kelinimiz boshqa tumandan bo‘lganligi sababli ular taraf bu "odat"dan bexabarligini va hech qanday pul bermasligini aytishgan, kuyovni o‘rtolari kuyovni bermasdan uch kun sarson qilishgan, oxiri amakimi jahllari chiqib o‘zlari 100$ pulni kuyovni o‘rtoqlariga berganla. Shundan keyin jiyanimi chimildiqqa kirgizishgan. O‘sha pulni olgan kuyovi o‘rtoqlari dam olish uchun Chorvoqqa ketishgan. Qaysi vijdon bilan? Qaysi insof? Qaysi aql bilan kelin tarafdan shuncha puli olib bir kunlik kayf safo uchun ishlatvoriladi. Nega bu narsaga hech kim qarshi chiqmidi? Nega hamma jim bo‘lib kuzatish bilan ovora? Bu narsaga qachon chek qo‘yiladi? Bu odat biz taraflarda paydo bo‘ganiga hali ko‘p bo‘madi, 9-10 yil bo‘ldi adashmasam. Kamharj to‘y qilish, mebel va boshqa harajatlani kuyov taraf olsin degan undovlar natijasida ancha natijalarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib turimman, chunki bu mavzular masjidlarimizda juma namozlarida ma’ruzala qilingan. Shu "odat"ni ham yo‘q qilish uchun qo‘shtirnoq ichidigi "yigit"larimizga masjidlarimizda ma’ruzala qilinsa balkim yo‘q qilinsa bo‘lar.... Shu keresiz odatlarni yo‘q bo‘lishini juda ham xohlirdim, agar yordam berolsela judayam hursan bo‘lardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularni olayotgani harom. Avvalo ularni tilanishi harom. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularni olayotgani harom. Avvalo ularni tilanishi harom. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar