Pulni qaytarib olish

Assalomu alaykum! Men o‘tgan yili iyul oyida kurs olganman. 5-10 daqiqalik darslikni xam tushina olmaganman. Shu xolat darslikni tugatgunimcha takrorlangan uzim mustaqil ishlay olmasdim chunki aqlim fikrlashi unchalikmasdi. Yana shu soxa boyicha kurs oldim 9- sentabrda. Unda xam shunday boldi. Keyin uni xam tashlab qo‘ydim. Sababini bilmasdim kursdanmi yoki aqlimdanmi deb bu payti men qurilishda ishlardim balki shungadur charchagan durman dedim. Keyin aqlimni sinash uchun uyga kelib biznes bo‘yicha kurs + amaliyoti bor edi uni oldim unda tushinishim sal yaxshiroq edi lekin aytadigan darajada emasdi. Amaliyotga keldim 7 kun ishladim yana shu xolat insonlarning gapini to‘liq tushina olmadim. Bugun. 2021- iyul oyida 1.500.000 so‘mlik olgan kursim egasiga aytdim xammasini shu xolat yuz berdi deb pulni qaytara olasizmi deb. U kishi boshqa kishiga kurs ishlatib uzi sotgan biz qaytara olmaymiz chunki u pulni o‘z egasiga va ishchilariga berdim dedilar. Siz adolatsizlik qilyapsiz dedilar shu xolatda nima qilsam boladi. Yoshligimdan beri shu zaifligim bor edi. 2- kurs 2021- sentabrda 940.000 olgan kursim egasiga yozdim xammasini u kishi yaxshi pulni qaytaraman dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kursni sotib olayotganda uni qaytarish shartlari kelishilgan bo‘lsa o‘shanga ko‘ra ish qilinglar. Agar bunday holatlar shartlashilmagan bo‘lsa, qaytarishga haqli emassiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar