Ismoiljon Muhammad Yusufdan duo so‘rab

Assalomu alaykum! Hurmatli Ismoiljon Muhammad Yusuf, sizga duo umidida xat yozayapman. Men Moskva shahridagi universitet talabasiman, hozir bizda tatil berilgan. Shu tatildan foydalanib London shahrida ingliz tilini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida bormoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh talabi ilm uchun qilayotgan harakatlaringizga barakot bersin! Avvalo olgan ilmingizga amal qilish baxtiga qolaversa shu ilmlarni musulmonlar,  Islom dini  xizmatiga sarflash baxtiga muyassar qilsin! Ikki dunyoning saodatiga O‘zi musharraf aylasin! Kamoli ehtirom ila, Ismoil Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar