Nikohga futur etadimi?

Assalomu alaykum! Agar ikki yosh to‘ylaridan oldin yoki keyin orasida bunday gap bo‘lsa: agar erkak bo‘lajak xotiniga rashk qildirish maqsadida(shahvati qo‘zg‘almagan holda) qizni onasiga nisbatan “men onangni yaxshi ko‘raman” desa, albatta bu yolg‘on gap bo‘lsa, shu holatda agar orada nikoh bo‘lsa nikohga futur etadimi? Agar nikoh bo‘lmasdan avval bilmay aytgan bo‘lsachi kechiriladimi? Nikohlari abadiy harom bo‘lmaydimi? Iltimos shu holatlarga tushuncha kiritib bering. Bazi holatlarda bilmay aytilgan gaplarga uzrli bo‘lishi mumkinku. Agar bilsa aslo aytilmas edi. Lekin asosan rashk qildirish maqsadi bo‘lgan. Tashakkur oldindan.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday hulqda bo‘lish Islomga zid. Lekin masala agar xuddi aytganingizdek bo‘lsa, nikohga futur etmaydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:33 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar