Yil oshi haqida

Assalomu alaykum! Men “yil oshi” bid’atligini bilaman, lekin ota-onam va yaqin karindoshlar “qilish kerak” deb majburlashayapti. Biz shu ishning o‘rniga nima afzalligini bilolmayapmiz. Shu masalada shariatimizning hukmi nima bo‘ladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunga ketadigan miqdordagi mablag‘ni har kuni foyda kelib turadigan va yo‘q bo‘lib ketgunicha foydasi tegib turadigan narsa olib, vaqf qilgan afzal. Masalan kitoblar sotib olib, masjid va madrasalarga vaqf qilsangizlar bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:53 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar