Rak davosi uchun uyni qimmatga sotish

Assalomu alaykum! 3,5 yosh o‘g‘limning buyragida o‘simta aniqlandi. Uni davolashga pul qilish uchun $25-30 minglik uyimni $50-60 mingga sotsam halol bo‘ladimi? Bunda ijtimoiy tarmoqlarga uy nega bunaqa qimmat narxlanganini tushuntirib e’lon bermoqchiman: "ham uy oling, ham savobga erishing" degan ma’noda. Bunaqa ishni oxirat va dunyoyimga ta’siri bo‘lmaydimi? Yoki shu ishni halol yo‘lini ko‘rsatib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaziyatingizni aytib, xohlagan narxini aytish joiz. Vallohu a’lam!

3 Yanvar 2024, 19:16 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar