Ashoblarning qabrlari

Assalomu alaykum! Ustozlar, buyuk sahobiylar Usmon, Ali, Xolid ibn Validlar(Alloh ulardan rozi bo‘lsin)ning  qabrlari qaerda joylashgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Usmon roziyallohu anhu Madinai munavvaradagi “Baqe’” qabristoniga dafn qilinganlar. Ali ibn Abi Tolib roziyallohu anhuning qabrlari ma’lum emas. U kishi o‘g‘illari imom Hasan roziyallohu anhuga qabrlarini maxfiy qilishlarini vasiyat qilgan ekanlar. Shuning uchun bu borada turli fikrlar aytiladi. Ibn Kasir rahimahulloh o‘zlarining “Al-Bidaya van nihaya” kitoblarida Xolid ibn Valid roziyallohu anhuning qabrlari Xims shahrida ekanligini yozganlar. Tarixchilarning mashhur gapi shu. Ba’zi ulamolar : “Madinai Munavvarada vafot topib, o‘sha errga dafn qilingan” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:54 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar