Mol oldi-berdi
Assalomu alaykum! Bozorda bir tanishim bor, o‘zida hech qanday mol yo‘q. U birovdan plintus olib sotadi, unda faqatgina o‘sha plintuslarni namunalari bor. U molni faqat mijozlar so‘rab kelgan vaqtida olib kelib ustiga foydasini qo‘yib sotadi. Mana shu savdo shariat jihatidan joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida bu joiz emas. Chunki u odam sotish o‘rniga bor joyini ko‘rsatib qo‘ysa, musulmonga xayrixohlik qilgan bo‘ladi. Qolaversa, bu ish bozorni savdosining buzilishiga olib keladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam narsasini sotish uchun bozorga kirib kelayotgan insonni yo‘liga chiqib, aroznga olib, bozor ichiga olib kirib qimmatga sotishdan qaytarganlar. Yana bunda o‘ziniki bo‘lmagan molni haridorga o‘ziniki qilib ko‘rsatib yolg‘on gapirishi ham bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurida bo‘lmagan narsani sotishdan ham qaytarganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat