Do‘kon uchun joy sotib olgandim, lekin egasi vafot qildi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men qishlog‘imizdan do‘kon ochish maqsadida er sotib olmoqchi edim. Bir tanishimiz uyini chetidan 1.5 sotixini sotmoqchi bo‘lganni eshitib u bilan 1.5 sotix joyini malum pulga kelishdik va qo‘l tashladik. U inson bizga er sotayotganidan judayam xursand edi. Erini kadastri yo‘qligi tufayli kadastr qildirishni boshladik. Oradan 2 kun utib u inson insult tufayli vafot etdi va ishlar oxiriga etmay qolib ketdi. Oradan 3 oy o‘tgach biz uyiga borib guvox bo‘lgan xotini bilan gaplashdik vaziyatni tushuntirdik. Shunda u o‘g‘li yo‘qligi tufayli bu ishni kuyovlariga topshirdi. Bizni kelishuvni guvoxlari xotini, kadastr xodimi va bizni oila edi. Vaziyatni kuyovlariga tushuntirdik ular esa bu ishni boshqattan kelishuv qilishimni va berilgan 1.5 sotix joy emas 1 sotix berishini va pulni xam kelishuvdan ko‘proq so‘rashdi. 3 oy oldin er arzon edi deyishdi. Shu vaziyatda qanday yo‘l tutay? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida savdo ado bo‘lgan ekan. Bunga kuyovni qarshi bo‘lishi to‘g‘ri emas. Ammo sotuvchi soddalik qilib joyni asl narxidan arzonga sotgan bo‘lsa shariatda g‘ibni fohish, ya’ni bir narsa o‘zining asl narxidan uchdan bir kamiga sotib qo‘ysa qayta savdo qilishga haqqi bor. Masalan asli 100li narsani adashib yoki soddalik qilib 66ga sotib qo‘ysa qayta savdo qilishga haqqi bor deganlar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 08:27 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar