Nafaqa puli halolmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari, qilayotgan xizmatlaringiz uchun umrlaringizdan baraka topingizlar.
1). Davlat tomonidan beriladigan har qanday nafaqa puli halolmi?
2). Mahalla raisimizning aytishicha mahlladagi jomiy bo‘lmagan masjidni biror kishiga uchastka qilib berish buyurilibdi. “Masjidni hech kim olmasa kerak” deydi, chunki masjid mahalla yordami bilan qurilgan, agar hukumat biror kishiga uchastka qilib bersa, olgan odam gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! O‘sha nafaqa puliga loyiq bo‘lsa, halol. Masjid masalasida shahringizdagi bosh imomga murojaat qiling. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar