Nikohda boshqa odam rozilik berib yuborsa

Assalomu alaykum! Bir yaqin tanishimning ayoli nikoh o‘qilayotgan paytda, "Rozimisiz?" degan savolga hayajon sababli, o‘zi javob bera olmagan. Nikoh o‘quvchi kishi javobni kutib qolgani uchun, kelinni yonida turgan ayol, uning o‘rniga "Xa" degan ekan. Lekin, kelinni niyati nikohlanish bo‘lgan albatta. Shu holatda nikoh hisobga o‘tganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tmaydi. Qaytadan nikohlatib olishi shart. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar