Taqsimlanmagan foydadan zakot

Assalomu alaykum! Pul tikkan odam bilan ishni qilgan odam foydani 2 yildan keyin bo‘lishishga kelishgan. Pul tikkan tashabbusi bilan 1-yil aylanmadagi jami puldan zakot chiqarilgan, 2-yil aylanmadagi pul birovda qolib ketganligi uchun zakotni pul olingandan keyin chiqarishga kelishilgan. 2 yildan keyin foyda bo‘lishilganda, ish qilgan odamning puli zakot nisobiga etadi, lekin 1 yillik harajatidan kam. Shu holatda 1-yil berilgan zakot umumiy mablag‘dan berilganligi sababli ishdagi harajatga olib borilsa, ish qilganga zakot farz bo‘lmaganligi sababli haqqiga xiyonat bo‘lib qolishi mumkin(harajat ham teng bo‘linadi). Agar 1-yil berilgan zakotni pul tikkanga yuklansa, jami mablag‘ning bir qismi foyda sifatida ish qilganniki bo‘lib, uning puli uchun ham zakot bergan bo‘lib qoladi. O‘sha vaqtdagi foydani hisoblashning esa iloji yo‘q, chunki yakunlanmagan ishga foyda hisoblab bo‘lmaydi. Ushbu holatda hali foydani olmaganligi uchun 1-yil berilgan zakot, pul tikkan hisobidan bo‘lgani adolatliroq bo‘ladimi yoki boshqa echimi bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ish qilgan odamning puli zakot nisobiga etgan bo‘lsayu, lekin 1 yillik harajatidan kam bo‘lsa ham zimmasiga zakot vojib bo‘ladi. 1-yildagi ham, 2-yildagi zakot berishlar ham to‘g‘ri bo‘lgan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 141 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar