Jonzotlar haqida

Assalomu alaykum! Men uy hayvonlaridan itni yaxshi ko‘raman. Dinimizda it boqishga nega ruxsat berilmagan? Noo‘rin savol bergan bo‘lsam oldindan uzr. Alloh taolo ilmlaringizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! [url=https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=19355.0]https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=19355.03-BOB. 
EKIN UChUN IT BOQISh HAQIDA2322- حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ فَضَالَةَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صلي الله عليه وسلم: «مَنْ أَمْسَكَ كَلْبًا فَإِنَّهُ يَنْقُصُ كُلَّ يَوْمٍ مِنْ عَمَلِهِ قِيرَاطٌ، إِلَّا كَلْبَ حَرْثٍ أَوْ مَاشِيَةٍ». قَالَ ابْنُ سِيرِينَ وَأَبُو صَالِحٍ: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ  صلي الله عليه وسلم: «إِلَّا كَلْبَ غَنَمٍ أَوْ حَرْثٍ أَوْ صَيْدٍ». وَقَالَ أَبُو حَازِمٍ: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ  صلي الله عليه وسلم: «كَلْبَ صَيْدٍ أَوْ مَاشِيَةٍ». طرفه: 3324 - تحفة: 15428، 13414 - 136/32322. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim it boqsa, amalidan har kuni bir qiyrot* kamayadi. Ekin va chorva (qo‘riqlovchi) it mustasno», dedilar».
Ibn Sirin va Abu Solihlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda «...qo‘y, ekin (qo‘riqlovchi it) va ov iti mustasno» deyishgan.
Abu Hozim Abu Hurayra roziyallohu anhudan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda: «Ov iti va chorva (qo‘riqlovchi) it...» degan.

* Qiyrotning izohi 2262-hadisda. Ammo ajr-savob kabi moddiy bo‘lmagan narsalarda Alloh taoloning huzuridagi ma’lum miqdorni ham bildiradi. Uning miqdorini Alloh taoloning O‘zi biladi. Ushbu hadisda esa kishining amalidan ma’lum bir qism kamayishi nazarda tutilgan.2323- حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ خُصَيْفَةَ: أَنَّ السَّائِبَ بْنَ يَزِيدَ حَدَّثَهُ أَنَّهُ سَمِعَ سُفْيَانَ بْنَ أَبِي زُهَيْرٍ - رَجُلًا مِنْ أَزْدِ شَنُوءَةَ - وَكَانَ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ   صلي الله عليه وسلم ، قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ   صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: «مَنِ اقْتَنَى كَلْبًا لَا يُغْنِي عَنْهُ زَرْعًا وَلَا ضَرْعًا، نَقَصَ كُلَّ يَوْمٍ مِنْ عَمَلِهِ قِيرَاطٌ». قُلْتُ: أَنْتَ سَمِعْتَ هَذَا مِنْ رَسُولِ اللهِ   صلي الله عليه وسلم؟ قَالَ: إِيْ وَرَبِّ هَذَا الْمَسْجِدِ. طرفه: 3325 - تحفة: 44762323. Soib ibn Yazid Sufyon ibn Abu Zuhayrdan – u Azdishanualik* bir kishi bo‘lib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan edi – eshitganini shunday so‘zlab berdi:
«U: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim na ekinga, na chorvaga asqotmaydigan itni boqsa, amalidan har kuni bir qiyrot* kamayadi», deyayotganlarini eshitganman», dedi. Men: «Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘zing eshitganmisan?» dedim. U: «Ha, mana shu masjidning* Robbiga qasam!» dedi».

* «Azdishanua» – arab qabilalaridan biri. «Shanua» Abdulloh ibn Ka’b ibn Abdulloh ibn Molik ibn Nasr ibn Azdning laqabi.
* Masjidul Harom nazarda tutilmoqda.(“Oltin silsila” kitobidan “Sahihi Buxoriy”).

Alloh taolo “Nur” sursi 26-oyatida marhamat qiladi :الْخَبِيثَاتُ لِلْخَبِيثِينَ وَالْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَاتِ وَالطَّيِّبَاتُ لِلطَّيِّبِينَ وَالطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَاتِ أُوْلَئِكَ مُبَرَّؤُونَ مِمَّا يَقُولُونَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ26. Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o‘shalar u(bo‘htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag‘firat va karamli rizq bordir.("Tafsiri Hilol" kitobidan).

Ba’zi ulamolar oyatdan : “Xabis(nopok) narsalarni nopoklar do‘st tutadi, nopoklar xabis narsalarni yoqtirishadi” deganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar