Texosmotr
Assalamu alaykum! Qadrli ustozlar, men bir masalada boshi berk ko‘chaga kirib qoldim. Mashinani texosmotrdan o‘tkazish uchun poliklinikadan xaydovchining sog‘ligi haqida spravka kerak, lekin GAIda pul evaziga hal qilib berishadi. Buni to‘g‘ri yo‘l bilan amalga oshiray deb maqsad qo‘ydim, lekin tibbiy ko‘rikdan o‘tganlardan so‘rasam - juda ko‘p vaqt va mablag‘ ketishini va baribir narkologicheskiy yoki psixonevrologicheskiy markazdan pul bermasdan o‘tib bo‘lmaydi deyishayapti. Ikki joyda ham pul berilsa nima qilishni bilmay turibman. Agar GAIda bersam ancha arzon, agar tibbiy ko‘rikdan o‘tsam - bir necha kun va ancha qimmat. Shayx xazratlarining javoblarining birida - agar majbur va birovning xaqqiga xiyonat qilinmasa - degan javobni o‘qidim(javobni to‘liqsizligi uchun uzr so‘rayman). Iltimos maslaxat bering, qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisiga ham bermay ishni to‘g‘ri bajaring. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:05 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisiga ham bermay ishni to‘g‘ri bajaring. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:05 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar