Dunyodan o‘tgan inson nomidan haj qilish
Assalomu alaykum! Agar bir insonni otasi yoki onasi vafot topgan bo‘lsa va ular haj ibodatini bajarmagan bo‘lsa, ularning nomidan farzandlari chin dildan shu ibodatni ado etishsa, shu haj ibodati rahmatli otasi yoki onasining nomiga yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! BADAL HAJI Islomda ibodatlar uch xil bo‘ladi. 1 – Sof badan ibodati. Masalan, namoz, ro‘za. birov birovning nomidan qilolmaydi.
2 – Sof moliyaviy ibodatlar. Masalan, sadaqa, zakot. Bunday ibodatlarni ado etib qo‘yishni mol egasi birovdan so‘rasa qilsa bo‘ladi.
3 – Badan va mol aralashgan ibodat. Haj shunday ibodat bo‘lib, unda inson mashaqqat chekadi, ibodatlarni jon koyitib, harakat ila bajaradi. Ayni chog‘da pul, mol ham sarflaydi. Hajni birovning nomidan bajarish haqida mazhab ulamolari turlicha fikr bildirganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari hajni birovni nomidan ado etsa bo‘ladigan ibodatlardan deb, bir necha shart qo‘yganlar. Bular to‘qqizta bo‘lib, quyidagilardir:
1. Kishining ojizligi umr bo‘yi davom etadigan bo‘lishi. Masalan, tuzalmaydigan kasal, ko‘zi ojiz.
2. Hajga buyurgan odamning nomidan niyat qilinishi shart.
3. Ketadigan mablag‘ning ko‘p qismi buyuruvchining molidan bo‘lishi kerak, agar u vasiyat qilgan bo‘lsa. Vasiyat qilmagan bo‘lsa, boshqa odamning mablag‘i bo‘lsa ham bo‘ladi.
4. Badal hajini qiluvchini ijaraga olingan deb shart qilmaslik kerak.
5. Buyurgan odamning shartini buzmaslik lozim. Masalan, ifrodga buyursa qiron qilmaslik lozim.
6. Faqat bir hajni niyat qilish shart. Masalan, bir necha kishini nomidan yo o‘zi bilan buyuruvchini nomidan niyat qilmaslik.
7. Har ikki taraf buyuruvchi va bajaruvchi ham musulmon va oqil bo‘lishi shart. Birortasi kofir yo jinni bo‘lsa bo‘lmaydi.
8. Badal hajini bajaruvchi esini tanigan bo‘lishi shart. Balog‘atga etmagan yosh bola birovni nomidan haj qilsa joiz emas.
9. Badal hajini qiluvchi kishi o‘zini nomidan haj farzini ado etgan bo‘lishi shart.BADAL HAJINING DALILI Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hajdan qaytayotganlarida Hasam qabilasidan bir ayol tuyalarining oldini to‘sib chiqdi va: “Ey, Allohning rasuli, mening otamga haj farz bo‘lgan edi, ado eta olmay vafot etib qoldi. Uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?” deb so‘radi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga: “Otangning biror kishidan qarzi bo‘lsa, ado qilsang bo‘ladimi?” dedilar. “Bo‘ladi” dedi u. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam : “Allohning qarzini ado etmog‘ing afzalroqdir” dedilar.
Hajda arafa kuni peshin bilan asrni va shom bilan xuftonni jam’ qilib o‘qish hukmi
● Butun dunyo musulmonlari haj mavsumida arafa kungi to‘rt vaqt namozni ikki vaqtda o‘qishga ittifoq qilganlar. Bular Arafot maydonida peshin bilan asrni, Muzdalifada esa shom bilan xuftonni birga qo‘shib o‘qishdir. Mazkur amaliyotning o‘ziga xos fiqhiy hukmlari mavjud. Bularni hojilar bilib qo‘ygani foydadan xoli emas.
● Rasuli akram, habibi muhtaram Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arafot maydonida peshin bilan asrni, Muzdalifada esa shom bilan xuftonni haqiqiy ma’noda birga qo‘shib o‘qiganlar. Boshqa vaqtlarda esa, masalan, shoshilinch safarlarida namozlarni suratan jam’ qilib o‘qiganlar. Ya’ni, birinchi namozni kechroq, uning oxirgi vaqtida o‘qiganlar, ikkinchi namozni esa ertaroq, ya’ni uning avvalgi vaqtida o‘qiganlar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 192 | Haj va umra