Ustalarning firibgarligi
Assalamu alaykum! "Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati, savolim shundan iboratki, men xozir chet eldaman. Men avtomobilimni ta’mirlash ustaxonasiga bergan edim. Shunda bu erdagi ustalar menga kafillik qog‘ozini bermay, avtomobilimni tuzatib, “bir oygacha buzilsa tuzatib beramiz” deb chiqarib yubordi. Aslida, ta’mirlangan ehtiyot kism boshqa servisda tuzatilib, menga ustalar pinxona gaplashib olib falon pulni aytishdi. Ya’ni o‘sha boshqa servis bergan kafil qog‘ozni yashirib, ko‘proq haq olishdi. Boshqa servis bu ehtiyot qismni arzonroq ta’mirlagan aslida, bo‘lmasa ustalar qog‘ozni ko‘rsatar edi. Men esa ehtiyot qismni qo‘yishga majbur bo‘lib tuzatgandan keyin chiqib ketdim. 5.500 rublga umumiy mikdorini xizmati bilan aytishdi. Men ularga oldindan 2.000 rubl berib chiqdim. Ustalar adashib menga 2.500 rubl qarzing qoldi deb aytishdi. Endi men ular aytgandek 1.000 rublni yashirib, 2.500 rubl aytgan pulini bersam bo‘ldimi? Yoki ustalarni firibgarlik kilganliklari uchun umuman qarzimni bermasligim ham mumkinmi? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz bu ishning ichida ham tashida ham bo‘lmasak, qaysi biringiz haq va qaysi biringiz nohaqligingizni ham, dalillarni ham bilmasak, hukm qilishimiz to‘g‘ri bo‘lmas... Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar