Avval qarz olgandim qanday qaytaraman

Assalomu alaykum! Ancha yillar oldin bir tanishimdan 25000 so‘m qarz olganman. Shu pulga 2ta 5 litrlik paxta yog‘ olganman. U vaqtda 5 litr paxta yog‘ 12500 so‘m edi. Bunga ancha yillar bo‘ldi. Shu qarzim esimda turadi. Olgan tanishimni ham uyini bilaman. Qarzimni bermoqchiman. Qarzimni hozirgi 5litrlik paxta yog‘ni puliga hisoblab berganim yaxshimi, chunki bu qarzimga ancha yil bo‘lib ketdi. 25000 bergani menga noqulay bo‘lyapti. Hozir 5litr paxta yog‘ narxi 55000-60000. Hozirgi narxda ham berishga imkonim bor. Qaysi yo‘lni tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkita paxta yog‘i olib bering. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 130 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar